Koʻplab ishlab chiqarish korxonalari mahsulot hajmi oshgani sari yangi ombor maydonlarini sotib olish yoki millionlab dollarga yangi bino qurish haqida oʻylaydi. Biroq asosiy yechim maydonni eniga emas, balki vertikal — boʻyiga toʻgʻri rejalashtirishda yotadi.
Oʻzbekistondagi qogʻoz qop (xop) ishlab chiqarish boʻyicha bozor yetakchisi — KNAUF, MEGAMIX kabi gigant brendlarga mahsulot yetkazib beruvchi №1 zavod omborida RAXPRO jamoasi aynan shunday vertikal optimizatsiyani amalga oshirdi.
Keys parametrlari va erishilgan natijalar:
- Dastlabki holat: 2 000 m² maydondagi ombor atigi 150 ta pallet sigʻimiga ega boʻlib, tayyor mahsulotlarni joylashtirishda jiddiy toʻsiq yuzaga kelgan.
- Qilingan ish: umumiy qiymati 40 000 dollar atrofida boʻlgan ogʻir yuk koʻtaruvchi koʻp yarusli pallet stellajlari tizimi oʻrnatildi.
- Natija: ombor sigʻimi 150 tadan birdaniga 650 ta palletgacha yetkazildi.
- Iqtisodiy samara: 2 000 m² ombor xuddi 10 000 m² lik yangi majmuadek foyda keltira boshladi. Korxona yangi 5 ta ombor binosini qurishga ketadigan kamida 1 000 000 dollarlik investitsiyani tejab qoldi.
Nima uchun yirik ishlab chiqaruvchilar RAXPRO tizimlarini tanlaydi?
- Maksimal vertikal sigʻim: shift balandligidan toʻliq foydalanish orqali pol maydonini kengaytirmasdan ombor hajmini 3-4 barobargacha koʻpaytirish;
- 1-nav poʻlat va ogʻir yuklama: har bir yarus yuzlab kilogrammlik qogʻoz mahsulotlari va ogʻir palletlar ostida egilmaydi;
- Logistika qulayligi: shtabelyor va yuklagichlar tez harakatlanishi uchun mutaxassislarimiz tomonidan aniq hisoblangan oʻtish yoʻllari;
- Rasmiy 10 yillik kafolat: sanoat darajasidagi konstruksiyalar uchun shartnoma asosida uzoq muddatli xavfsizlik.
Agar sizning omboringizda ham joy yetishmovchiligi boshlangan boʻlsa, yangi bino qurishga shoshilmang. Muhandisimizni bepul oʻlchovga chaqiring — 24 soat ichida obyektingiz hajmini maksimal kengaytirib beruvchi 3D chizma va loyihani taqdim etamiz!




